2024 yilga borib Navoiy viloyatida umumiy quvvati 800 MVt bo`lgan 3 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar qildi. Xususan:
1. 2021 yilning avgust oyida Karmana tumanida quvvati 100 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi;
2. 2023 yilning uchinchi choragida Nurota tumanida quvvati 200 MVt bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushiriladi;
3. 2024 yilning to`rttinchi choragida Tomdi tumanida quvvati 500 MVt bo`lgan shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi.