AsosiyDunyo

Istanbul markazida avtobus portlab ketdi

Istanbul markazida avtobus portlab ketdi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda. Favqulodda holat Topkapa metro bekatida yuz berdi. Portlash oqibatida hech kim jabrlanmagan. Avtobusda haydovchi ham, yo`lovchilar ham bo`lmagan.

Turkiya ommaviy axborot vositalarining ma`lumotlariga ko`ra,avvaliga avtobus nosozlik tufayli yona boshlagan, keyinroq portlab ketgan. Avtobus nosozligi tufayli uni ustaxonaga olib ketishayotgandi. O`t o`chiruvchilar yong`inni o`chirgan. Ayni paytda transport harakati yo`lga qo`yilgan.  

Ma`lumot uchun, 9 aprel kuni ham Istanbulda portlash sodir bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar