AsosiyJamiyat

Harbiylashtirilgan ta`lim muassasalari to`g`risidagi nizom tasdiqlandi

'Harbiylashtirilgan ta`lim muassasalari to`g`risidagi nizom tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Oliy harbiylashtirilgan ta`lim muassasalari to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko`ra, oliy harbiylashtirilgan ta`lim muassasalari quyidagilar:

 Ichki ishlar vazirligi akademiyasi;

Davlat bojxona qo`mitasining Bojxona instituti.  

 Mazkur ta`lim muassasalarida bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha kadrlar tayyorlanadi.  

 Bakalavriat ta`lim yo`nalishida o`qitish kunduzgi, masofaviy va sirtqi (maxsus sirtqi) ta`lim shakllarida amalga oshiriladi.

 Kunduzgi ta`lim shaklida o`qish kamida 3 yil davom etadi.  

 Bakalavriatda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda (masofaviy), sirtqi ta`lim davomiyligi oliy ma`lumotga ega bo`lmagan xodimlar uchun kamida 4 yil, oliy ma`lumotga egalar uchun 3 yil etib belgilanadi.

 Kursantlar 1-bosqich ta`lim muddati yakunlanganidan so`ng muddatli harbiy xizmatni o`tagan hisoblanadi va ularga harbiy guvohnoma beriladi.

 Magistratura mutaxassisliklarida o`qitish kunduzgi yoki masofaviy ta`lim shakllarida amalga oshirilib, o`qish davomiyligi kamida 1 yilni tashkil etadi.  

 Shuningdek, ta`lim muassasalari boshqaruv sohasiga mutaxassis kadrlarni maqsadli tayyorlash uchun 2 bosqichli (ikki yillik) magistraturani tashkil etishi mumkin. Bunda bitiruvchilarga ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish imkoniyati beriladi.

Ta`lim muassasalari bitiruvchilariga diplom bilan birga vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi ko`krak nishoni beriladi.

    Boshqa yangiliklar