AsosiySport

Brunu Fernandesh Ronalduning shevasi haqida gapirdi

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh Krishtianu Ronalduning portugalcha...

'Brunu Fernandesh Ronalduning shevasi haqida gapirdi'ning rasmi

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh Krishtianu Ronalduning portugalcha shevasini tushunish qiyinligini aytdi.

«Inliz tilini bilsam-da, gohida Lingard va Reshfordning nima haqida gapirayotganini tushunish qiyin. Portugal tilida ham shunday. Krishtianu Ronaldu, men va Diogo Dalot turli shevada gapiramiz.

Krishtianuning shevasini tushunish qiyin. U portugal tilining eng yomon shevasida gapiradi. Ronaldu Madeyradan. Ishoning, portugaliyaliklar bu orolliklar nima haqida gapirayotganliklarini tushunishmaydi», - deydi Fernandesh Manchester Evening News bilan suhbatda. 

Ma`lumot uchun, Brunu Portugaliyaning Maya shahridan bo`lsa, Krishtianu Madeyra orolida tug`ilgan. Har ikki o`yinchi ham «Sporting» tarbiyalanuvchisi sanaladi.

    Boshqa yangiliklar