AsosiyDunyo

Xitoyliklar “super ayol”ni yaratdi

Xitoyning Xefey shahridagi fan va texnologiyalar universitetida yangi interaktiv robot yaratildi va u keng ommaga namoyish etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Szya Szya deb nomlangan android haqiqiy ayol kishiga juda o`xshaydi. U so`zlasha, harakatlana oladi. Uning mimikalari o`ta tabiiy. 

“Iltimos, meni juda yaqindan suratga olmanglar—bu yuzimni to`la qilib ko`rsatadi”,—dedi u jurnalistlarga qarata. 

Robot yaratuvchilarining aytishicha, Szya Szya ustida uch yil davomida mehnat qilingan. Avvalgi avlod robotlari bilan uni taqqoslaydigan bo`lsak, Szya Szyaning ko`zlari ancha tabiiy va uning so`zlari  lab harakatlariga mos tushadi. Ma`lumot uchun, Yaponiyada ishlab chiqarilgan xuddi shunday robot filmda bosh qahramonni ijro etgan.

    Boshqa yangiliklar