Toshkent shahrida so`nggi kunlarda ommalashib ketgan «Kalmar o`yini» seriali asosida o`tkazilishi rejalashtirilgan kvest o`yin qoldirildi.
Ko`ngilochar o`yin Magic City bog`ida o`tkazilishi kerak edi. Braslet-chiptalar uchun pulni park kassalaridan qaytib olish mumkin.
«Kalmar o`yini» — Janubiy Koreyaning ommabop seriali bo`lib, unda bosh qahramonlar katta miqdordagi pul uchun oxiri o`lim bilan tugashi mumkin bo`lgan xavfli o`yinlarda ishtirok etishga rozi bo`ladi.
To`qqiz seriyali film Netflix’da chiqqach, dunyoda qisqa fursatda juda ommalashib ketdi. Serial qonli sahnalar ko`p bo`lgani uchun dunyo miqyosida katta tanqidlarga sabab bo`lgan edi.