AsosiyJamiyat

Saylov kuni tana harorati yuqori bo`lganlar uchun alohida kabina va quti tashkillashtiriladi

'Saylov kuni tana harorati yuqori bo`lganlar uchun alohida kabina va quti tashkillashtiriladi'ning rasmi

Bu haqda Bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliev  Markaziy saylov komissiyasining matbuot markazida bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ma`lum qildi.

Saylovchilar va saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari o`rtasida tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo`lganlar aniqlangan taqdirda, ular ovoz berish xonasiga kiritilmasdan ovoz berishlari uchun alohida ajratilgan joylarda ko`chma saylov qutilari va kabinalar tashkil etildi.

Qolavesa, tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo`lganlar hamda kasallik alomatlari aniqlanganlar uchun alohida izolyator xonalari hamda saylov binolarida tibbiy xonalar tashkil etildi. Ular zarur dori-darmonlar hamda tibbiy vositalar bilan bilan ham  to`liq ta`minlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o`tkaziladigan saylov uchastkalarida karantin talablariga rioya etilishini ta`minlash uchun jami 21  mingdan ortiq tibbiy xodim biriktirildi.

Hozirgi kunda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tizimli va markazlashgan holda har bir saylov uchastkasida zararsizlantirish (dezinfeksiya) ishlari o`tazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar