2020 yil oktyabr oyidan beri Alibaba boshqa global kompaniyalarga qaraganda eng ko`p zarar ko`rdi. Hozirda kompaniyaning bozor kapitallashuvi $483 mlrd ni tashkil etadi, deya yozmoqda Bloomberg.
Bularning barchasi Jek Ma Xitoy hukumatini tanqid qilganidan keyin boshlangan.
25 oktyabr holatiga ko`ra, Nyu York fond birjasidagi Alibaba-ning bir aksiyasi qiymati $177,7 ni tashkil qildi. Gonkong fond birjasida aksiyalar 174 Gonkong dollariga teng bo`ldi.
Bozor qiymatini yo`qotish bo`yicha o`nta kompaniyaning sakkiztasi Xitoy kompaniyalariga to`g`ri kelmoqda.
Bozor kapitallashuvining pasayishi kompaniya asoschisi Jek Maning 2020 yil oktyabr oyida Xitoyning moliyaviy siyosatini tanqid qilganidan keyin boshlandi. O`shanda u doimiy monitoring Xitoyda innovasiyalarni qanday bo`g`ib qo`yishi haqida gapirgan edi.






