Xitoyning “XPeng” kompaniyasi ayni vaqtda ko`plab insonlar orzu qiladigan mashinani namoyish qildi. Quvonarli jihati shundaki, ushbu avtomashinani haydash bilan bir qatorda unda uchish ham mumkin, deya xabar bermoqda Zamon.uz nashri,
Qayd etilishicha, mazkur texnik mashina “HT Aero” deb nomlangan. Vizual jihatdan kompaniyaning “XPeng P7”siga o`xshaydi. U uchta eshik, ikkita o`rindiq, elektromotor va uchish uchun ikkita parrakka ega. Avtomobil avtopilot tizimi bilan jihozlangan bo`lib, bu yo`llar va havodagi boshqaruvga yordam beradi.
Korporasiya vakillarining so`zlariga ko`ra, “HT Aero” past balandlikdagi parvozlar uchun mo`ljallangan. Ruldan tashqari salonda havoda harakatlanish uchun joystikka o`xshash boshqaruv tugmasi mavjud.
Taqdim etilgan avtomobil uzunligi 5,5 metrdan iborat. Uning “XPeng P7” modelidan farqi, undan 50 foizga engilroq kuzovga egaligidir.
Havoga ko`tarilgan “HT Aero” soatiga 130 kilometrgacha harakatlanishi mumkin. Parvoz vaqti esa 30 daqiqa. To`g`ri, bu hozircha juda kam muddat.
Ma`lumotga ko`ra, “XPeng” kompaniyasi 2024 yilgacha mazkur gibrid qurilmani ommaviy ishlab chiqarishni maqsad qilgan.
Yangi mashina taxminan 11 million rublga baholanmoqda.






