Oybek metro stansiyasi yaqinidagi avtobus bekatida mobil uskunalar uchun quvvatlovchi uskunalar o`rnatildi.
Endi avtobus kutayotgan istalgan yo`lovchi ushbu uskunalar yordamida o`zining gadjetini quvvatlash imkoniga ega bo`ldi. Noodatiy bekat suratlari bir zumda ijtimoiy trmoqlarda tarqaldi.
Nuz.uz nashrining xabar berishicha, mazkur yangilik avtobus bekatlarining dizayni bilan shug`ullanuvchi JCDecaux UZ va «Bravo Pharma» kompaniyalarining hamkorligida joriy qilingan.
Kelgusida bunday bekatlarni ko`paytirish rejalashtirilgan.





