AsosiySport

Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev: "Birinchi jang bo`lgani uchun biroz hayajon bo`ldi"

'Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev: "Birinchi jang bo`lgani uchun biroz hayajon bo`ldi"'ning rasmi

-67 kg vaznli bokschimiz Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev kecha jahon chempionatidagi ilk jangida irlandiyalik raqibini mag`lubiyatga uchratdi. 

Bokschimiz ushbu g`alabadan so`ng o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi. Bu haqda O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Shukrki, ilk jangimni g`alaba bilan tugatib oldim. O`zbekistonlik bokschilarning ishtirokini birinchi boshlab berganim uchun biroz hayajon bo`ldi va bu mas`uliyat ekanligini his qilib turgandim. Keyingi bahslarda ushbu hayajon biroz bosiladi va o`z imkoniyatlarimni bundan ham yaxshiroq namoyon etishga harakat qilaman. Menga yordam bergan va ko`rsatma berib turgan murabbiylarimga rahmat. Qo`llab-quvvatlab turganlardan ham minnatdorman. O`zimga bildirilgan ishonchni maksimal tarzda oqlashga harakat qilaman", - dedi Asadxo`ja.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar