Davlatimiz rahbari joriy yilning 13 avgust kuni Olimpiyachilarimizni qabul qilar ekan, Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik doirasida bir qator masalalar yuzasidan muhim ko`rsatmalar berib o`tgan edi. MOQ rahbariyati bu borada tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan.
Bu boradagi asosiy yo`nalishlar, xususan, iqtidorli sportchilarni saralash, sport turlari bo`yicha xalqaro mutaxassislarni tayyorlash, Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kollejlari va sport akademiyalari faoliyati, murabbiylar malakasini oshirish, terma jamoalarimizga kuchli xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ekani tabiiy.
MOQning xabar berishicha, mutasaddilar bu yo`nalishdagi terma jamoalarimizning hozirgi holati, Olimpiada yo`llanmasi uchun imkoniyatlari, ularni yanada kuchaytirish kabi masalalar bo`yicha fikr almashishdi.






