AsosiyDunyo

Rossiyada pochta “posilka”larini tashishda endi robotlardan foydalaniladi

'Rossiyada pochta “posilka”larini tashishda endi robotlardan foydalaniladi'ning rasmi

Kelgusi oyda Rossiya pochtasi Yandeks robotlari yordamida jo`natmalarni Moskvaning 27 ta filialidan etkazib berishni boshlaydi. Bu haqda RBC kompaniyasiga tayanib Zamon.uz xabar berdi.

Xizmatdan foydalanmoqchi bo`lgan rossiyaliklar robotning xaritadagi o`rnini kuzatishi mumkin bo`ladi. Smart “pochtachi” jo`natmani uyning kirish qismiga etkazganda, foydalanuvchining mobil telefoniga xabar keladi. Shundan so`ng mazkur shaxsga tasdiqlash kodi ham yuboriladi. Kod ilovaga kiritilishi lozim bo`ladi. Foydalanuvchi aniq bo`lgach robotning yuk qopqog`i ochiladi va shundan keyin jo`natmani olish mumkin. 

Etkazib berish xizmati ikki kilometr masofagacha amal qiladi. Xizmatdan androiddagi pochta ilovasi orqali foydalanish mumkin. Kompaniyaning ta`kidlashicha, xizmat narxi amaliyot boshlanishida bir rubl bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar