AsosiySport

Boks: Saidjamshid Jafarov 5:0 hisobida g`alaba qozonib, keyingi bosqichga yo`l oldi

'Boks: Saidjamshid Jafarov 5:0 hisobida g`alaba qozonib, keyingi bosqichga yo`l oldi'ning rasmi

Xabaringiz bor, ayni kundarda Belgrad (Serbiya) shahrida boks bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tmoqda. 

Xususan, kechagi dasturni -75 kg vazn toifasidagi Saidjamshid Jafarov hamyurtlari uchun yakunlab berdi. 

Slovakiyalik Lukas Fernezaga qarshi kechgan bahsda amaldagi Osiyo chempioni o`zining ishonchli harakatlari, aniq va kuchli zarbalari bilan raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan. 

Yakunda hakamlar ham Jafarovning 5:0 hisobidagi g`alabasini ko`rsatishgan. 

Jafarov endi keyingi bosqichda yaponiyalik Yuito Morivakiga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Hasanboy Do`stmatov raqibiga imkoniyatni boy berib qo`ygani haqida yozgandik

    Boshqa yangiliklar