AsosiyDunyo

Rossiyada koronavirus avj olib ketishining asosiy sababi aytildi

'Rossiyada koronavirus avj olib ketishining asosiy sababi aytildi'ning rasmi

SSV Matbuot xizmatining xabar berishicha, Rossiya Federasiyasida 26 oktyabr holatiga ko`ra, bir kecha-kunduzda 36 ming 446 kishida COVID-19 virusi aniqlangan va ulardan 1 ming 106 nafari hayotdan ko`z yumgan.  

Tabiiyki, ushbu holat barchani jiddiy xavotirga solmoqda. O`z navbatida, vaziyatning bu qadar ayanchli tus olishiga sabab bo`lgan omillar tahlil qilinyapti.  

Rossiyadagi etakchi ilmiy-tadqiqot institutlaridan birining laboratoriya rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Mixail Kostinovning ma`lum qilishicha, hammasi mamlakatda koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet shakllanmagani bilan bog`liq. Chunki bu erda aholini emlash darajasi past.

Kostinovning so`zlariga ko`ra, Rossiyada COVID-19 ga qarshi uchta vaksina qo`llanilyapti. Biroq aholi orasida emlanishni xohlamayotganlar yoki paysalga solayotganlar ko`p. Oqibatda ular vaqt o`tib baribir ushbu kasallikka chalinishyapti. Shu tufayli virusning yangi mutasiyalari paydo bo`lishi uchun imkoniyat ham yuzaga kelmoqda.  

To`g`ri, mamlakatda emlanganlar orasida ham ba`zan koranavirusni yuqtirish holatlari uchramoqda. Ammo ularda kasallik ancha engil o`tyapti va asoratlar kam. Shu ma`noda, ommaviy immunitet COVID-19 ni to`liq bloklash imkonini beradi, deyishmoqda mutaxassislar.

 

    Boshqa yangiliklar