1

Kelgusi yildan boshlab Buxoroda har 2 yilda Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali o`tkaziladi

Madaniyat 28.10.2021, 15:16
Kelgusi yildan boshlab Buxoroda har 2 yilda Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali  o`tkaziladi

Ko`hna Buxoroda 2022 yildan boshlab Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali ni har 2 yilda bir marta o`tkazish yo`lga qo`yiladi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Bu borada 2021 yil aprelda ushbu festivalga oid O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni hamda 2021 yil oktyabrida Vazirlar Mahkamasi qarori imzolandi.

Xalqaro zardo`zlik va zargarlik festivali kelgusi yilning 21-25 may kunlarida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Buxoroda festival doirasida “An`anaviy zardo`zlik va zargarlik san`ati taraqqiyoti” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya bo`lib o`tadi. Shu bilan birga, Toshkent shahrida zargarlik  sanoatining xorijiy mamlakatlardagi vakillari, chet ellik investorlar hamda ekspert va mutaxassislar ishtirokidagi har yili o`tkaziladigan “O`zbek zargarlik  yarmarkasi” xalqaro ko`rgazmasi va zamonaviy uskunalar, texnologiyalar va zargarlik mahsulotlari sotuvida ishtirok etish mumkin bo`ladi.

Xalqaro festival davomida turli tomoshalar, taqdimotlar, ko`rgazmalar, musiqali teatr konsertlari va ko`ngilochar dasturlar, madaniy-ma`rifiy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1