Serbiya poytaxti Belgrad shahrida boks bo`yicha jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Bugun, -57 kg vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzaxalilov ilk bosqichda AQSh vakili Jamal Xerliga qarshi ringga ko`tarildi.
Jang uch raund davom etdi va hakamlar qarori bilan AQShlik bokschi g`alaba qozondi.
Shu tariqa, navbatdagi bokschimiz ham jahon chempionati bahslarini muddatidan oldin tark etdi.