Buyuk Britaniya SSVning xabar berishicha, oxirgi 24 soatda mamlakatda kasallanganning soni ortgan. Xususan, bir kun avval 40 ming kishida kasallik aniqlangan bo`lsa, kecha bu ko`rsatkich 43 ming 900ni tashkil qilgan.
The Guardian nashrining ma`lumotiga ko`ra, oxirgi sutkada kasallikdan vafot etganlarning soni 207 kishiga etgan. Ma`lumot o`rnida aytish kerak, Buyuk Britaniyada pandemiya davrida 8 million ziyod kishi korovirusni yuqtirib olgan, ularning 140 ming nafari vafot etgan.