Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning sentyabr oyida O`zbekiston xorijdan qiymati 15,8 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 297 843 dona mobil telefon import qilgan.
Sentyabr oyida import qilingan mobil telefonlar soni avgust oyiga nisbatan 61 219 taga oshgan.
O`zbekistonda 2020 yilda 345 431 dona uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog`i uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.
O`zbekistonda 2021 yilning 1 yanvar holatiga, Internet tarmog`iga ulangan abonentlar soni qariyb 20 mln. ni tashkil etgan.






