AsosiySport

Namanganda voleybol bo`yicha Markaziy Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda

'Namanganda voleybol bo`yicha Markaziy Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Ayni kunlarda Namangan shahrida voleybol bo`yicha 19 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda. Musobaqani tomosha qilish uchun kelgan mintaqa konfederasiyasi prezidenti Muhammad Latif boshchiligidagi mutasaddilar O`zbekistonda mehmon bo`lib turishibdi.

Namanganda xizmat safarida bo`lib turgan MOQ raisi o`rinbosari Sherzod Tashmatov bugun musobaqa mehmonlari bilan uchrashib, mamlakatimizda voleybolni yanada rivojlantirish borasida suhbat uyushtirishdi. O`z navbatida, Muhammad Latif mamlakatimiz voleyboli so`nggi yillarda rivojlanishning yangi bosqichini o`tkazayotgani, turli yosh toifalaridagi jamoalarimizning o`sganini alohida ta`kidlab, bu borada qilinayotgan ishlarga ijobiy baho berdi. 

Shuningdek, mehmon yurtimizda voleybolni rivojlantirish yo`lida xalqaro mutaxassislarni jalb qilish va federasiyamizning rejalarini hamkorlikda muhokama qilib, unga kerakli tavsiyalarni berishini aytib o`tdi.

Qayd etish joiz, Toshkentda kelasi yilning iyun oyida 17 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasida Osiyo chempionati bo`lib o`tadi. Mutasaddilar suhbat davomida ushbu turnirni ham yuqori saviyada o`tkazish masalalari bo`yicha fikr almashishdi.

 

    Boshqa yangiliklar