Belgradda bo`lib o`tayotgan boks bo`yicha jahon chempionatining bugungi kuni hamyurtlarimiz uchun omadli boshlandi.
-54 kg vazn toifasida janglarga kirishgan hamyurtimiz amaldagi jahon chempioni Shahobiddin Zoirov mezbonlar vakili Tamir Galanovni ortiqcha izohlarga o`rin qoldirmay mag`lub etdi.
Ushbu jangni kuzatib borgan hakamlar guruhi har uchala raundda hamyurtimizning yaqqol ustunligini qayd etdi va bokschimiz 1/16 final bosqichiga yo`l oldi.
Bugungi dasturga ko`ra yana 3 nafar hamyurtimiz ringga chiqishi belgilangan. Ular orasida yana bir taniqli bokschimiz Shahram G`iyosov ham bor. Shuningdek, Madiyar Saidraximov va Abdumalik Halakov ham navbatdagi bosqichga o`tish uchun jang qilishadi






