AsosiySport

O`zbekiston kubogi o`yinidan so`ng futbolchilar mushtlashib ketishdi

'O`zbekiston kubogi o`yinidan so`ng futbolchilar mushtlashib ketishdi'ning rasmi

O`zbekiston Kubogi chorak finalidan o`rin olgan «So`g`diyona» — «Nasaf» o`yini so`ngida janjal yuz berdi.

Jizzaxda o`tgan uchrashuvning 90-daqiqasida maydon markazida «Nasaf» himoyachisi Umar Eshmurodov «So`g`diyona» hujumchisi Bahodir Nasimovni boshi bilan zarba berib, yiqitdi. Aynan ushbu narsa o`yin yakunlangach, ommaviy tartibsizlikka sabab bo`ldi. Eshmurodov, shuningdek, Jizzax klubi bosh murabbiyi Ulug`bek Baqoev bilan tortishuvga borgan.

Buning ustiga mahalliy muxlislar stadion tunneliga kirayotgan Eshmurodovga qarata turli buyumlarni uloqtirdi.

    Boshqa yangiliklar