Moldova hukumati va Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi gaz etkazib berish bo`yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, kelishuv besh yilga mo`jallangan, bu vaqt davomida "Gazprom" Moldovaga gaz etkazib beradi.
Shartnoma shartlari ma`lum qilinmayapti.
Avvalroq Moldova hukumati Ukrainaning “Naftogaz” kompaniyasi bilan 1,5 million kub metr gaz sotib olish bo`yicha shartnoma imzolagani borasida ma`lumotlar berilgandi.