AsosiyDunyo

Misrdagi mehmonxonalarning birida 40 nafar rossiyalik sayyoh zaharlandi

'Misrdagi mehmonxonalarning birida 40 nafar rossiyalik sayyoh zaharlandi'ning rasmi

Misrning Xurgada kuror shahridagi mehmonxonalardan birida 40ga yaqin rossiyalik sayyohlar zaharlandi. Bu haqda mamlakat turizm palatalari federasiyasiga tayangan holda TASS xabar berdi

Qayd etilishicha, zaharlarganlarning barchasida tana harorati, qayt qilish va ich ketish holatlari kuzatilgan. Barcha sayyohlar boshqa mehmonxonalarga joylashtirilgan. 

“40 nafar bemordan 36 nafari davolanmoqda. Barcha bemorlarning ahvoli qoniqarli va barqaror, hayotiga xavf yo`qligi ta`kidladi”, - dedi agentlik vakili. 

Hozircha zaharlanish holati bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. AMC Royal Hotel mehmonxonasi 48 soatga yopilganligi ma`lum qilindi. 

Boshqa yangiliklar