2016 yilning birinchi choragida “O`zavtosanoat” AK va “Avtooyna” MChJ vakillari Rossiya Federasiyasining Moskva, Sankt-Peterburg va yana bir qancha shaharlarida bo`lib, avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi, ehtiyot qismlarni import qiluvchi korxonalar faoliyati bilan tanishishdi va rossiyalik hamkasblari bilan uchrashuvlar o`tkazishdi.
Jumladan yurtdoshlarimiz Sankt-Peterburgdagi avtomobilsozlik korxonalariga tashrifi mobaynida «Nissan Manufakturing Rus» MChJ, «Gestamp Severstal Vsevolozhsk» va «Volkswagen Group Rus» kompaniyalarining ishlab chiqarish korxonalarida ham bo`lishdi.
Rossiya Federasiyasining Avtomobillar uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish milliy uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlar har ikki davlat avtomobilsozlari uchun o`zaro tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini o`rnatish borasida foydali bo`ldi.





