AsosiyDunyo

Iroqdagi kafelardan birida 300ga yaqin kishi zaharlandi

'Iroqdagi kafelardan birida 300ga yaqin kishi zaharlandi'ning rasmi

Iroqning janubi-sharqida joylashgan Maysan viloyatida kamida 290 kishi ommaviy zaharlandi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi

Ma`lum qilinishicha, odamlarning zaharlanishiga falafel ( dukkali o`simliklardan tayyorlangan taom) tayyorlashga ixtisoslashgan kafelardan biridagi taom sabab bo`lgan. Huquq-targ`ibot idolari esa kafe egasini va voqeaga aloqador sifatida yana 6 kishini qo`lga olgan. 

Viloyat sog`liqni saqlash departamenti matbuot kotibi Muhammad al-Kinoniyning so`zlariga ko`ra, ommaviy zaharlanishga taom emas, suvdagi infeksiya sabab bo`lishi mumkin. Uning aytishicha, ayni vaqtda infeksiyaning kelib chiqish manbasini aniqlash uchun tegishli laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda. 

Barcha zaharlanishdan jabrlanuvchilar shifokorlar nazoratida bo`lib turibdi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar