Serbiya poytaxti mezbonligida o`tayotgan boks bo`yicha jahon chempionatida chorak final janglari yakunlanib, final yo`llanmasi uchun ringga ko`tariladigan juftliklar ma`lum bo`ldi.
Yarim final yo`lida kechgan so`nggi janglarda Mujibillo Tursunov (-63.5 kg) tajribali kubalik Endi Kruzga kichik 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo`ygan bo`lsa, Madiyar Saidrahimov (-92 kg) angliyalik Lyuis Ulyamsga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Shu tariqa final yo`llanmasi uchun kechadigan bahsda 2 nafar vakilimiz ishtirok etadigan bo`ldi. Yarim finalga yo`l olgan vakillarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
4 noyabr:
-60 kg: Abdumalik Xalakov – Doniyol Shobaxsh (Eron)






