Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Kitob tumanida "Nexia" yonib ketganligi bo`yicha ma`lumot berildi.
Joriy yilning 2 noyabr kuni soat 04:20 larda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Qaynar M.F.Y. hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining 1143-kilometrida haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan J.J. "Nexia" rusumli avtomobilni boshqarayotib, extiyotsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo`qotgan va yo`l chetidagi katta toshga urilib, ag`darilib ketgan. YTH natijasida avtomobilda yong`in yuzaga kelgan.
Haydovchi, YTH hamda yong`in oqibatida hodisa joyida vafot etgan.