Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB xodimi cho`kayotgan kishiga yordam korsatayotgani haqidagi videolar tarqaldi.
Mazkur fakt bo`yicha poytaxt IIB quyidagilarni ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, 30 sentyabr kuni taxminan soat 21.30 da 37 yoshli Muxtor M. Mast holatda bola turib, ehtiyotsizlik oqibatida Sergeli tumani "Qorasuv" mahallasi hududida oqadigan kanalga tushib ketadi. Suvdan mustaqil chiqa olmagan fuqaro atrofdagilarni yordamga chaqiradi. Shu vaqtda osha hududdan o`tib ketayotgan Sergeli tumani IIO FMB 3-son IIB profilaktika inspektori leytenant Alibek Maxmarayimov chaqiriqni eshitib yordamga shoshadi. Suvda cho`kayotgan kishini korgach, xodim fuqaroga suvdan chiqishda yordamlashadi.
Leytenant A. Maxmarayimov voqea joyiga "tez yordam"ni chaqirgan va fuqaroga birinchi tibbiy yordam korsatilgan.
Shu o`rinda IIB fuqarolarga murojaat qilmoqda.
"Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari, iltimos, suv havzalari yaqinida ehtiyot boling",-deyiladi xabarda.






