AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

'Qashqadaryodagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan  Koson tumanida teplovoz va "Lacetti" ishtirokida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi. 

Joriy yilning 4 noyabr kuni soat 20:00 larda Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, Mudin qishlog`i hududidan o`tuvchi A-380 avtomobil yo`lining 149-kilometrida haydovchi, 1992 yilda tug`ilgan S.T. "Lacetti" rusumli avtomobilni boshqarayotib, temir yo`l kesishmasiga chiqib ketishi oqibatida "Buxoro-Qarshi" yo`nalishi bo`ylab harakatlanib kelayotgan yuk tashuvchi teplovoz bilan to`qnashgan.

Hodisa natijasida "Lacetti" rusumli avtomobil haydovchisi olgan og`ir tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar