Oliy Majlis Senatining yangi binosida Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoevning inaugurasiya marosimi bo`lib o`tmoqda. Shavkat Mirziyoev uy-joy masalasini hal etish, aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish masalasi haqida gapirdi.
Prezident aholi bandligini ta`minlash, yoshlar va ishsiz fuqarolarni davlat hisobidan malakali kasb-hunarga o`qitish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ehtiyojmand aholini manzilli qo`llab-quvvatlash orqali, 2026 yilgacha kambag`allikni 2 barobarga qisqartirish ko`zda tutilganini ma`lum qilgan.
Ta`kidlanishicha, ijtimoiy himoya sohasida boshqaruv tizimi isloh qilinib, ijtimoiy xizmatlarning sifati yaxshilanadi va ko`lami kengaytiriladi. «Eng muhim masalalardan biri sifatida uy-joy masalasini hal etish, aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish doimiy e`tiborimiz markazida bo`ladi. Ushbu yo`nalishda qabul qilgan dasturlarimiz, jumladan, arzon uy-joylar dasturi asosida so`nggi besh yilda 140 mingdan ziyod yangi kvartira va yakka tartibdagi uy-joylar barpo etildi», — deydi davlat rahbari.






