AsosiyJamiyat

Madaniy meros agentligi direktor tayinlandi

'Madaniy meros agentligi direktor tayinlandi'ning rasmi

 2021 yil 5 noyabrdan O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi etib Kuziev Tursunali tayinlandi.

Tursunali Kuziev Toshkent davlat san`at institutini tamomlab, o`z mehnat faoliyatini Surxondaryo viloyati Madaniyat fondi raisi, keyinchalik P.Benkov nomidagi Respublika badiiy bilim yurti direktori sifatida davom ettirdi.

2017 yildan shu kunga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasi rahbarining ilmiy–ijodiy ishlar bo`yicha o`rinbosari sifatida ish olib borgan.

Ma`lumot o`rnida:

Tursunali Kuziev «Do`stlik» ordeni bilan mukofotlangan, “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan san`at arbobi” faxriy unvoniga ega, Vetnam Sosialistik Respublikasining “Do`stlik” ordeni hamda Ukraina, Rossiya, Yaponiya, Eron, Misr davlatlarining qator orden va medallari bilan taqdirlangan.

    Boshqa yangiliklar