O`zbekistonda emlash jarayonlarida 27,8 million dozadan ortiq vaksina qo`llanildi, Samarqandda bir kunlik emlash ko`rsatkichi 50 ming dozadan oshdi, deya xabar bermoqda SSV.
Ma`lum qilinishicha, 6 noyabrda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 298 831 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 177 180 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 73 150 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 48 501 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 27 845 532 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 14 450 493 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 8 892 490 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 4 502 549 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Samarqand viloyati (52 901 doza),
- Toshkent shahri (41 641 doza),
- Farg`ona viloyati (28 125 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirlgan qatlamga nisbatan 67,4 foizni tashkil qilmoqda.






