AsosiySport

Boks bo`yicha JCh-2021. Kuba 1-o`rinni egalladi, O`zbekiston 10-pog`ona bilan kifoyalandi

'Boks bo`yicha JCh-2021. Kuba 1-o`rinni egalladi, O`zbekiston 10-pog`ona bilan kifoyalandi'ning rasmi

Serbiya poytaxti Belgrad shahrida o`tkazilgan boks bo`yicha jahon chempionati bahslari poyoniga etdi

Musobaqa yakunlariga ko`ra, Kuba terma jamoasi umumjamoa hisobida 5ta medal bilan 1-o`rinni egalladi. Mazkur terma jamoa 3ta oltin va 2ta bronza medalini qo`lga kiritdi. 2ta oltin, 2ta kumush, 1ta bronza bilan Qozog`iston 2-o`rindan joy oldi. Kuchli uchlikni esa AQSh egalladi. Amerikalik bokschilar 2ta oltin va 2ta kumush sohibiga aylandi. 

O`zbekiston terma jamoasi esa 1ta kumush va 1ta bronza bilan 10-o`rindan joy egalladi. 
 

Eslatib o`tamiz, terma jamoamiz safida -60kg vaznda yurtimiz sha`nini himoya qilgan Abdumalik Xalakov kumush medalini qo`lga kiritgan bo`lsa, -92kg vazn toifasida ringga ko`tarilgan Madiyar Saidrahimov bronzaga ega chiqdi. 

 

Boshqa yangiliklar