Toshkent havosi changlardan tozalanmoqda. Bu haqda Doktorant E. Abdulahatov gidrometeorologik ilmiy tahlillarga asoslanib xabar bemoqda.
Ma`lumotga ko`ra, mahalliy vaqt soat 15:10 da 1 havo tarkibida 278 mkg RM 2,5 mayda dispers zarrachalari bo`lgan. Bu qiymat poytaxtning AQSh elchixonasi oldiga o`rnatilgan stasionar kuzatuv postida aks etgan.
Qayd etilishicha, bu kechagi ko`rsatkichdan ancha past ekanini anglatadi. Kecha shu paytda ko`rsatkich 492 mkg/m³ ni ko`rsatgan va Toshkent dunyoda havodagi ifloslik bo`yicha poytaxt shaharlar reytingida karvonboshi bo`lgan.
Ta`kidlanishicha, hozirgi qiymat havo tarkibida mayda dispers zarrachalar me`yordan 2 barabor ko`p ekanini bildiradi. Bu xavfli daraja, lekin kechagi va oldingi kunlaridagi kabi o`ta xavfli emasligi aytilmoqda.
Shuningdek, tog`-vodiy shamoli sabab, shahar havosi kechasi chang zarrachalaridan biroz holi bo`lgan bo`lishi mumkin. Chunki tog`dan esgan kuchsiz shamol omili poytaxt havosidagi zarrachalarni shaharning janubiy-g`arbiy tekislik hududlariga tomon ''haydaydi''.
Ma`lumot uchun, hozirda Qirg`iziston poytaxti Bishkekda ham mayda dispers zarrachalar miqdori keskin ortgan.






