AsosiyJamiyat

Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san`ati institutiga qabul boshlandi

'Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san`ati institutiga qabul boshlandi'ning rasmi

Avvalroq O`zbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san`ati instituti tashkil etilishi haqida xabar bergandik. 

Davlat test markazining xabariga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining 9-son bayoni bilan 2021-2022-o`quv yili uchun O`zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san`ati institutiga qabul parametrlarining ta`lim yo`nalishlari (mutaxassisliklari) va o`qitish tillari bo`yicha taqsimoti tasdiqlandi. 

Mazkur bayonga muvofiq Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san`ati institutining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga abiturientlarni onlayn ro`yxatga olish boshlandi. 

Ma`lumotga ko`ra, ro`yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va bu jarayon 16 noyabrga qadar davom etadi. 

Abiturientlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar Madaniyat vazirligi tomonidan 18-24 noyabr kunlari, test sinovlari esa Davlat test markazi tomonidan 26-27 noyabr kunlari o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar