AsosiyJinoyat

Suriyadagi jangarilar safiga qo`shilish uchun ketgan terroristik tashkilot tarafdori O`zbekistonga olib kelindi

'Suriyadagi jangarilar safiga qo`shilish uchun ketgan terroristik tashkilot tarafdori O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Xalqaro terroristik tashkilotga aloqadorligi uchun qidiruvda bo`lgan, 1995 y.t. shaxs O`zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.

Ma`lumotga ko`ra, mazkur shaxs internet tarmog`i orqali Suriya davlati hududidagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti a`zolarining ta`siriga tushib qolgan.

U o`zining tanishlari bilan “Telegram” messenjerida virtual guruh tashkil etib, ekstremistik oqimlar va xalqaro terroristik tashkilotlar g`oyaviy rahnamolarining “jihod”ga chorlovchi materiallarini unga joylab borgan.

 Shuningdek, Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkilotiga qo`shilish uchun O`zbekistondan chiqib ketmoqchi bo`lishgan.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida ularning noqonuniy harakatlari fosh etilgan hamda 2018 yilning iyun oyida “S.S.” va uning jinoiy aloqalariga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi yuzasidan sayyor sud majlisi o`tkazilib, “S.S.”ga nisbatan insonparvarlik prinsipini qo`llagan holda 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. 

Biroq, “S.S” o`z xatolaridan to`g`ri xulosa chiqarmasdan, Suriyadagi jangarilar safiga qo`shilish maqsadida aylanma yo`llar orqali davlat chegarasini kesib o`tib, Markaziy Osiyo davlatlarining biriga borgan vaqtida hibsga olingan.

Hozirda unga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar