Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirishkor tuman bo`limi tomonidan “O`zbekiston qorako`lchilik” MChJning Mirishkor tuman filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, MChJning sobiq rahbari Ch.X. o`zining javobgarligida bo`lgan umumiy bahosi 604,7 mln so`mlik jami 2 429 bosh mayda shohli mollarni sotib yuborib, sotuvdan tushgan mablag`larni jamiyat hisob raqamiga kirim qilmasdan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






