AsosiyDunyo

Iroq poytaxtida kuchli portlash yuz berdi

'Iroq poytaxtida kuchli portlash yuz berdi'ning rasmi

Iroq poytaxti Bag`dod shahrining markaziy qismida kuchli portlash yuz berganligi ma`lum qilindi. Bu haqda Alsumaria telekanali xabar berdi. 

Qayd etilishicha, avtomobilga o`rnatilgan bomba portlab ketgan. Voqea xorijiy elchixonalar va davlat idoralari joylashgan El-Karrada yaqinida sodir bo`lgan. Hozircha portlash oqibatlari va zararlari borasida ma`lumot berilgani yo`q. 

Avvalroq Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kazimiyga Bag`dod shahrida suiqasd uyushtirilgandi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar