AsosiyShou-biznes

O`z kuchi bilan hayotda o`rnini topgan 10 mashhur inson

Shon-shuhratga erishish hech qachon oson bo`lmagan. Unga erishish uchun qancha qiyinchiliklar-u, sinovlarni boshdan o`tkazishga to`g`ri keladi. Ko`p mashhur insonlar aynan shu prisip asosida harakat qilib, barcha qiyinchiliklarni engishgan va yuqori cho`qqilarni zabt etishgan.   

AdMe.ru nashri siz uchun qobiliyati va tinimsiz mehnatlari evazi mashhur bo`lgan insonlar haqida hikoya qiladi. 

Joan Rouling

Mashhur yozuvchi va sehrli bolakay haqidagi kitoblar muallifining bolaligi juda og`ir kechgan. U otasi bilan aloqa qilmagan, onasi esa og`ir kasal bo`lgan. Universitetni bitirgan Joan hayotda o`rnini topish uchun bir necha joylarda ishlashga majbur bo`lgan. 1990 yilda Manchester — London poezdida ketayotganda uning xayoliga yosh sehrgarlar maktabi haqida asar yozish g`oyasi keladi. Ammo hayot unga navbatdagi sinovni tayyorlab qo`ygani uchun kitobni oradan 5 yil o`tgach, yakunlaydi. Roman 1997 yilda kam adadda chop etilgan bo`lsa-da, yilning eng yaxshi bolalar kitobi deb tan olingan.

Kristina Asmus

Kristina Asmus bolaligidan gimnastika bilan shug`ullangan bo`lsa-da, qaysidir lahzada hayotini teatr va kinosiz tasavvur qilolmasligini  angladi. Ota-onasi uni qo`llab-quvvatlagani bois bir urinishda Moskva badiiy akademik teatrining maktab-studiyasiga o`qishga qabul qilindi, ammo olti oydan keyin o`qishdan chetlatildi. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, tirishqoqligi, o`z ustida tinimsiz ishlashi natijasida unga omad kulib boqdi. Kristinaga seriallarning biridan bosh qahramon rolini berishdi, bu rol unga mashhurlik sari yo`l ochib berdi

Jim Kerri

Jim Kerrining oilasi pulga muhtoj bo`lgani sababli, u maktabda o`qib yurgan paytlaridayoq ota-onasiga yordam berish maqsadida ishlay boshlagan. Jim ilk bora mahalliy kamedi klab sahnasiga chiqqanda, uning debyuti muvaffaqiyat qozona olmadi.

Oradan 2 yil o`tib, u yana sahnaga chiqishga qaror qildi va muvaffaqiyatga erishdi. Shundan keyin Jim ekranda paydo bo`lish istagida Los-Anjelesga ko`chib o`tdi. Oradan ko`p o`tmay, uni kam byudjetli “Eys ventura” filmidagi bosh rolga tasdiqlashdi. Ko`pgina mashhurlar rol o`ynashni bosh tortgan bu film Jim Kerrini olamga tanitdi va mashhur insonga aylantirdi.

Demi Mur

Mashhur aktrisa Demi Mur shu kunlarga etib kelguncha, qancha mashaqqatlarni boshdan kechirdi. O`smir paytida modellik agentligida ishlash uchun maktabni tashlagan. Oradan ko`p o`tmay, hayotini kino bilan bog`lash maqsadida bir qancha yoshlar uchun suratga olingan filmlarda ikkinchi darajali rollarni o`ynagan. Ammo bundan tushkunlikka tushmadi, “Ruh” kinofilmidagi roli uni dunyoga mashhur qildi.

Jennifer Lopes

Muvaffaqiyat sari eltuvchi manzilga etib borish Jey Loga ham oson bo`lmagan. Uning ota-onasi kamtarona hayot kechirsa-da, bolalariga yaxshi ta`lim-tarbiya berishga intilishgan. U bolaligidanoq raqs va xonandalik bilan shug`ullangan. Bu albatta kelajakda o`z mevasini berdi. O`rta ma`lumotga ega bo`lgan qiz yuridik firmaga ishga kirdi, ammo ko`p o`tmay, ishini tashlab, mashhur raqs maktabida raqs bilan jiddiy shug`ullana boshladi. Uning bu ishini ota-onasi qo`llab-quvvatlamaydi, oqibatda Jey uydan chiqib ketadi. U mashhur xonandalarning konsertlarida raqsga tushadi, bir necha filmlarda rol o`ynaydi. Jeyning iste`dodi nazardan chetda qolmadi va u mashhur insonga aylandi. 

Tom Kruz

Tom Kruz boylikdan, tanish-bilishdan yiroq oddiygina oilada dunyoga keldi. Hali maktabda o`qib yurgan paytlaridayoq onasiga yordam berish maqsadida ishlay boshlagan. 18 yoshga to`lganda aktyor bo`lish orzusini amalga oshirish uchun Tom Nyu-Yorkka yo`l oladi. Cho`ntagi bo`m-bo`sh bo`lsa-da, turli kastinglarda ishtirok eta boshladi. Ammo bo`yining pastligi tufayli doimo yutqazib qo`yadi. Oradan bir necha yil o`tib “Xavfli biznes” filmidagi rolidan keyingina uning omadi keldi.

Selin Dion

Selin Dion bolaligidanoq musiqaga qiziqqan. Hatto uning ismi “Selin” deb atalgan qo`shiq sharafiga qo`yilgan. U turli oilaviy tadbirlarda qo`shiq aytgan, 12 yoshida birinchi qo`shig`ini yozgan. Bir kuni akasi Mishel opasi Selinning qo`shig`ini musiqa menejeriga yuboradi. Qizning ovozidan hayratga tushgan musiqachi uni yulduzga aylantiragan. Shunday qilib, Selinning xonandalik faoliyati boshlanib ketgan.

Deniel Kreyg

Britaniyalik mashhur aktyor Deniel Kreyg Gollivudning eng mashhur aktyorlari qatoriga kirgan bo`lsa-da, uning shu darajaga etkuncha, boshidan nimalarni kechirganini hamma ham bilavermaydi. U bolaligidanoq hayotini san`at bilan bog`lagan, 6 yoshligidan boshlab, teatr sahnasida rol o`ynagan. Teatr maktabi diplomini qo`lga kiritgan Deniel kinolarda rol o`ynasa ham, muvaffaqiyatga erishmadi. Ammo u bundan kayfiyatini tushirmadi. Bir necha yil davomida  “Lara Kroft: dahma talovchi” filmida badkirdor rolini o`ynadi va shundan keyin shon-shuhratga erishdi.

Jennifer Eniston

Omadli aktrisa nomiga erishguncha Jennifer Eniston kurer, ofisiantka bo`lib ishlagan, hamda bir qancha brodvey postanovkalarida qatnashgan. U ilk televizion rolini 1990 yilda qo`lga kiritdi. Keyin dahshatli filmda suratga tushdi, ammo uning bu roli tanqidga uchradi, matbuot uni juda qoraladi. Bundan hafsalasi pir bo`lgan Jennifer aktrisalikni tashlamoqchi bo`ldi, ammo xuddi shu paytda u “Do`stlar” serialidagi bosh qahramonlardan biri roliga tasdiqlanadi. Shundan keyin u muvaffaqiyat cho`qqisiga chiqadi. 

Opra Uinfri

Opra judayam kambag`al oilada dunyoga keladi, uning hatto o`yinchoqlari ham bo`lmagan. Shunga qaramay, u hayotdan nima istashini yaxshi anglagan. 17 yoshida notiqlik bo`yicha o`tkazilgan tanlovda birinchilikni qo`lga kiritib, universitetga grant asosida o`qishga qabul qilinadi. O`qishni bitirgach, yangiliklar dasturini olib borish uchun televideniega taklif qilinadi. 29 yoshligida reytingi past tonggi ko`rsatuvlardan birining boshlovchisi vazifasiga taklif qilinadi. Opra bu ko`rsatuvga jon bag`ishlaydi. Oradan bir oy o`tar-o`tmas bu ko`rsatuv eng mashhur tok-shoulardan biriga aylanadi. Natijada ko`rsatuv nomi o`zgarib, “Opra Uinfri shou” siga aylanadi.

Boshqa yangiliklar