21 aprel kuni engil atletika bo`yicha murabbiy Vagiz Abdullin 80 yoshida olamdan o`tdi, deb xabar beradi O`zbekiston engil atletika federasiyasi axborot xizmati.
Vagiz Abdullin xalqaro maydonlarda bir necha bor O`zbekiston sharafini himoya qilgan. Uning murabbiyligi ostida ko`plab musobaqalarning g`olib va sovrindorlari etishib chiqqan.
Marhum o`zi tug`ilgan Angren shahriga dafn etilgan.





