O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Prezident Vladimir Putinning taklifiga binoan 2016 yil 25-26 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiya Federasiyasida bo`ladi.
Tashrif davomida davlat rahbarlari O`zbekiston – Rossiya hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qiladi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar yuzasidan fikr almashadi.
Muzokaralar yakuni bo`yicha O`zbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi o`zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.





