Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Olmaliq shahrida "Matiz" haydovchisi piyodani urib yuborganligi bo`yicha ma`lumot berildi.
Joriy yilning 9 noyabr kuni soat 16:45 larda Toshkent viloyati, Olmaliq shahar, Amir Temur ko`chasida joylashgan "Bog`ishamol" kafesining ro`parasida haydovchi, 1997 yilda tug`ilgan A.M. “Matiz” rusumli avtomobilda harakatlanib kelayotib, piyodalar o`tish joyidan yo`lni kesib o`tayotgan piyoda, 1975 yilda tug`ilgan Sh.T.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda Sh.T. engil tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Olmaliq shahar IIB YHXB xodilari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.