1

Turkiya kinofestivalida o`zbek kinoijodkorlari munosib kutib olindi

Madaniyat 10.11.2021, 18:56
Teglar: Festival, Korkut ata
Turkiya kinofestivalida o`zbek kinoijodkorlari munosib kutib olindi

Turkiyada bo`lib o`tayotgan “Korkut ata” xalqaro kinofestivalida taniqli kinoijodkorlardan iborat o`zbek delegasiyasi ham ishtirok etmoqda. Festivalning ilk kuni o`zbek kinoijodkorlari tantanali kutib olinib, mehmonlar xalqaro kinofestival dasturi bilan tanishtirildi.  

Kuni kecha esa Turkiyada O`zbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ali Hamraevning “Xalq jasorati” va Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” filmlari premerasi bo`lib o`tdi. Shuningdek, Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov tomonidan Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Ersoyga “O`zbekiston madaniy merosi jahon to`plamlarida” kitob albomi taqdim etildi. Tashkilotchilar ushbu noyob sovg`adan mamnun bo`lganliklarini bildirishdi.  

Oldinda kinofestival dasturiga ko`ra, o`zbekistonlik kinoijodkorlar tomonidan “O`zbek kino kunlari” ijodiy kechasi hamda Rashid Malikov rejissyorligida yaratilgan “Tutqunlik” filmining premerasi bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.  Shu bilan birga, O`zbekiston va Turkiya kinematografistlari hamkorligini ta`minlash yuzasidan videomuloqot, ijodiy uchrashuvlar, badiiy va hujjatli filmlar hamda teleseriallar ishlab chiqarish bo`yicha memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

"Korkut ata” xalqaro kinofestivali 12 noyabrgacha davom etadi.

Sharhlar

AQShdagi musiqa festivalida 8 kishi halok bo`ldi

06.11.2021, 20:21

AQShning Texas shtatidagi Astroworld musiqa festivalida tiqilinch holat tufayli favqulodda holat yuzaga keldi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Qayd etilishicha, Xyuston shahrida bo`lib o`tgan yirik konsertda...
​“Yuksak ma`naviyatli avlod” yoshlar festivalining Toshkent viloyati bosqichi bo`lib o`tdi

25.05.2017, 14:20

Qibray tumanidagi Do`rmon madaniyat saroyida “Yuksak ma`naviyatli avlod” nomli yoshlar festivalining Toshkent viloyati bosqichi bo`lib o`tdi. Respublika Ma`naviyat targ`ibot markazi viloyat bo`limi, viloyat hokimligi, viloyat...
​Kann festivalining eng nazokatli libos egalari (Foto)

18.05.2017, 14:49

17 may kuni Fransiyada Kann kinofestivali muvaffaqiyatli ravishda ochildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri. Kann kinofestivalining qizil yo`lakchasidan kinoyulduzlar nafis va nazokatli liboslarda o`tishdi. Etmishinchi...
​Toshkentda “Shum bola” kinofestivali start oldi

04.05.2017, 13:48

“O`zbekkino” Milliy agentligi Gyote instituti Toshkent filiali va Germaniyaning “Shlingel” xalqaro kinofestivali direksiyasi bilan hamkorlikda 3-7 may kunlari bolalar va yoshlar uchun “Shum bola” IV...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1