Ijtimoiy tarmoqlarda oq va qora rangli "Nexia" rusumli avtomobillar to`qnashuvi tasvirlangan videoroliklar tarqaldi. Mazkur yo`l transport hodisasi haqida batafsil ma`lumot berildi.
Aniqlanishicha, baxtsiz hodisa 2021 yil 8 noyabr kuni soat 16:37 da Surxondaryo viloyati, Denov tumani, "Tasmasoy" M.F.Y. hududidan o`tuvchi 4R-100 avtomobil yo`lining 168-kilometrida sodir bo`lgan.
Haydovchi 1997 yilda tug`ilgan D.R. "Nexia" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, quvib o`tish qoidalarini buzishi oqibatida haydovchi, 1987 yilda tug`ilgan F.B. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli avtomobil bilan to`qnashgan va boshqaruvni yo`qotib, yo`l chetidagi temir ustunga borib urilgan.
Natijada, oq rangli "Nexia" avtomobilida bo`lgan yo`lovchi G.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Denov tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






