1

FVV: Eng rivojlangan davlatlar ham zilzilani 100 foiz oldindan aytib bera olmaydi

Jamiyat 23.04.2016, 12:02
Teglar: Zilzila
FVV: Eng rivojlangan davlatlar ham zilzilani 100 foiz oldindan aytib bera olmaydi

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro muhofazasi institutida mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun seminar-trening bo`lib o`tdi. 

Unda O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi BMTning Taraqqiyot dasturi ko`magida tashkil etgan tadbirda Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti, Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi va boshqa ko`plab idoralar mutaxassislari qatnashdi. 

Bugun Toshkent yuzlab sanoat ob`ektlari, qudratli transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilmaga ega ulkan shahardir. 

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o`rinbosari Komiljon Aripov eng rivojlangan davlatlar ham er silkinishini 100 foiz oldindan aytib bera olmasligini ta`kidladi. Shu bois, tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular ro`y berganda tezkor harakat qilish va aholini tayyorlash tizimini takomillashtirish zarur. Xususan, mustaqillik yillarida maktab binolari va boshqa ijtimoiy ob`ektlar seysmik xavfsizligini ta`minlashga doir maxsus dasturlar hayotga tatbiq etildi. Avariya holatidagi qariyb 700 maktab kapital rekonstruksiya qilindi yoki yangitdan barpo etildi. 

Tadbirda O`zbekiston seysmologlari jahon ilm-fani rivojiga munosib hissa qo`shayotgani ta`kidlandi. Ayni paytda mamlakatimiz olim va mutaxassislari zilzila ta`sirida ayrim binolarning vayron bo`lish sabablarini yumshatishga qaratilgan yangi loyihalashtirish va qurilish konsepsiyalari hamda texnik echimlar ishlab chiqmoqda. 

Seminar-trening doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari jurnalistlarga favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga shayligini namoyish qildi, Zilzilani simulyasiya qilish markaziga ekskursiya uyushtirildi, qutqaruvchilar inventar va maxsus texnikalar ko`rgazmasini tashkil qildi.

Sharhlar

⚡️ Turkiyada zilzila qurbonlari 6 ming nafarga, Suriyada esa 2 ming nafarga yaqinlashdi

08.02.2023, 10:49

Turkiyada zilzilalar sabab 5 ming 894 kishi hayotdan ko`z yumdi, 8 ming kishi qutqarildi.Bu haqda Vise-prezident Fuat Oktay ma`lum qildi.Qayd etilishicha, ayni paytga qadar zilzilalarda...
Niderland seysmolog olimi Turkiyadagi zilzilani uch kun oldin prognoz qilgani ma`lum bo`ldi

06.02.2023, 13:15

Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning janubi-sharqida, Suriya bilan chegara yaqinida 7,4 ballik kuchli zilzila yuz berdi. Shuningdek, zilzila Turkiyadan tashqari Suriya, Kipr va Livanda ham ko`plab...
Turkiyada kuchli zilzila sodir bo`ldi, qurbonlar bor (video)

06.02.2023, 09:34

Turkiya janubida 1 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Gaziantep shahri yaqinida 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Evropa-O`rtaer dengizi seysmologiya markazi ma`lumotlariga ko`ra, zilzila episentri aholi...
Andijon viloyatida zilzila sodir bo`ldi

09.09.2022, 09:06

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, O`zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 09.09.2022 02:00 da  zilzila sodir bo`ldi. Episentr: Andijon viloyati, Asaka tumani. Zilzila...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1