1

“O`zbekneftgaz”: Qarshi shahrida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo`lib o`tmoqda (Foto)

Jamiyat 12.11.2021, 09:06
Teglar: O`zbekneftgaz
“O`zbekneftgaz”: Qarshi shahrida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo`lib o`tmoqda (Foto)

 2021 yil 11-12 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida “Neft va gaz, elektr energetika, kimyo, to`qimachilik, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy sanoat yarmarkasi o`tkazilmoqda. Bu haqda “O`zbekneftgaz” Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Prezident administrasiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbir doirasida “O`zbekneftgaz” investisiya loyihalari hamda korxonalari ehtiyojlari uchun etkazib beriladigan tovar 
va xizmatlarni mahalliylashtirish imkoniyatlari ko`rib chiqilib, aniq shartnomalar imzolanmoqda.

Shu bilan birga, neft va gaz sanoati hamda ilm-fan sohalari integrasiyasiga bag`ishlangan ilmiy-amaliy seminarlar o`tkazilmoqda.

Mazkur yarmarkaning ochilish marosimini “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev kirish so`zi bilan ochib berdi.

– Bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida respublikada mahalliy sanoatni rivojlantirish, kooperasiyani kengaytirish, yuqori qo`shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni chuqurlashtirish bo`yicha keng islohotlar olib borilmoqda. Ushbu vazifalarning ijrosini ta`minlash maqsadida tarmoqda import mahsulotlarga qaramlikni kamaytirish, mahalliylashtirish, ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta`minlashga jiddiy e`tibor qaratilmoqda, – dedi Boshqaruv raisi.

Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev o`z nutqida tarmoqlararo kooperasiya hisobiga “O`zbekneftgaz” AJ korxonalari tomonidan ilgari importdan xarid qilingan bir qator mahsulotlarni o`zlashtirish hisobiga yillik import 12 mln AQSh dollarigacha qisqartirilganligini e`tirof etdi.

Ta`kidlash joizki, avvallari importdan keltirilib, korxonalardagi ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanilgan aktivlashtirilgan ko`mir, silikogel, quvurlar, berkitish-boshqarish klapanlari, oksid-allyuminiy, sulfat-allyuminiy, turli xil filtrlar, yoqilg`i moylash materiallari, xromotograflar, blok boks, o`lchash asboblari va boshqa mahsulot va uskunalar bugungi kunda mahalliy korxonalardan sotib olinmoqda.

Shuningdek, “O`zbekneftgaz” AJda bir qator xorijiy kompaniyalarda (Gazprom, Lukoyl, Tatnef) muvaffaqqiyatli aprobasiyadan o`tgan usul ya`ni – yangi mahsulotlarni birgalikda o`zlashtirish bo`yicha “yo`l xarita”lari asosida ishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilda (Buxoro NQIZ - 3 ta, Sho`rtan GKM - 2 ta, Uzkorgazkemikal – 21, Muborak GQIZ – 2 ta va boshqalar) 28 ta yo`l xaritalari imzolangan. Mazkur tadbirlarni amalga oshirish natijasida 3,1 mln dollarlik import hajmi qisqartiriladi.

Mehriddin Abdullaev amalga oshirilgan ishlar samarasida bugungi kunda mahalliy korxonalar tomonidan etkazib berilgan 30 ga yaqin mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishga tadbiq etilganligiga urg`u berdi.

– O`tgan davrda respublika elektron kooperasiya portali orqali 404,3 mlrd so`mlik ikki mingdan ortiq shartnoma tuzilib, umumiy xaridlar hajmida mahalliy mahsulotlar ulushi 26 foizgacha etkazildi, – dedi o`z nutqida M.Abdullaev. – Bundan tashqari, joriy yilda Navoiy, Termiz, Buxoro va Nukus shaharlarida tashkil etilgan sanoat yarmarkalarida “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan 124 ta memorandumlar imzolangan edi. Ayni paytga kelib, mazkur memorandumlar doirasida qiymati 30,7 mlrd. so`mlik 43 ta shartnomalar imzolanishi ta`minlandi. Ishonchim komilki, mazkur yarmarka iqtisodiyot tarmoqlarida kooperasiyani rivojlantirish, korxonalar o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Barchangizga ko`rgazmada samarali ish olib borish, muvaffaqiyatli muzokaralar o`tkazishni tilayman.

Ko`rgazmada boshqa sohalar qatori 100 dan ziyod xorijiy va mahalliy neft va gaz sanoati korxonalari vakillari, shundan 50 ga yaqini alohida stend bilan, ishtirok etishmoqda.

Ma`lumot uchun: Jumladan, Tatneft, Lukoyl, ELAZ, KMPO, Xromos injiniring (Rossiya), “Enter Injiniring”, “Eriell” (Singapur), SIBUR (Ozarbayjon), Si En Pi SI (Xitoy), Uzpromarm, Uzbekximmash, Chilon, AMZ, Maxsusenergogaz (Uzbekiston) kompaniyalari va boshqalar.

Mazkur tadbirlar doirasida “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan geologiya-qidiruv ishlari va tabiiy gazni qazib olish hajmlarini kengaytirish, uni chuqur qayta ishlashni tashkil etishga yo`naltirilgan uzoq muddatli strategiya asosida aniq vaziflar belgilab olingan.

Sharhlar

Qarshida o`tkazilayotgan hududiy sanoat yarmarkasida “O`zbekneftgaz”ga qarashli korxonalar alohida stend bilan ishtirok etmoqda

07.10.2022, 10:15

O`zbekiston Prezidenti Administrasiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga muvofiq Qarshi shahrida bo`lib o`tayotgan “Neft va gaz sanoati, elektr energetikasi, kimyo sanoati, charm-poyabzal sanoati” mavzusidagi hududiy...
“O`zbekneftgaz” dunyoning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini o`rnatdi

18.01.2022, 21:11

So`nggi yillarda Davlatimiz Rahbari tomonidan mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan transformasion jarayonlar  neft-gaz tarmog`iga ham ijobiy tasir ko`rsatmoqda .Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning neft-gaz tarmog`i rivojlanishiga qaratayotgan...
“O`zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Qashqadaryoda gaz qazib chiqarish holatini o`rgandi (foto)

12.10.2021, 10:38

“O`zbekneftgaz” AJ raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligidagi “Ishchi guruh” a`zolari jamiyatga tegishli konlarda geologik izlov-qidiruv ishlari, gaz quduqlarini burg`ilash va kapital ta`mirlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar,...
“O`zbekneftgaz”: O`zbekiston tarixida ilk bor Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI–98 markali benzin ishlab chiqarildi

21.09.2021, 11:00

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi oldiga aholini sifatli neft mahsulotlari bilan ta`minlash hamda uning yangi turlarini ishlab chiqish vazifalari qo`yilgan edi.Belgilangan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1