AsosiySport

Aguero yuragida yuzaga kelgan muammo tufayli faoliyatini tugatishi mumkin

'Aguero yuragida yuzaga kelgan muammo tufayli faoliyatini tugatishi mumkin'ning rasmi

 “Barselona” hujumchisi Serxio Agueroyuragi bilan bog`liq muammolari sababli futbolchilik faoliyatini erta yakunlashi mumkin. 

Qayd etilishicha, 33 yoshli argentinalik futbolchining yuragidagi muammosi taxmin qilinganidan ham jiddiyroq bo`lib chiqqan.

Uning salomatligini nazorat qilayotgan shifokorlari Agueroning boshqa maydonga tusha olmasligini ma`lum qilgan.

 Ma`lumot uchun, u “Alaves”ga qarshi uchrashuvda o`zini yomon his qilgan va maydonni barvaqt tark etgan. Keyinchalik shifokorlarning aytishicha, Agueroda taxikardiya kuzatilgani va u yaqin 3 oy davomida maydonga tusha olmasligi ma`lum qilingandi.

                      Izzatbek Abduvahobov

    Boshqa yangiliklar