Joriy yilning 7 noyabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Suvliariq MFY hududida yashovchi X.R.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasidagi shkafda giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi ko`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.






