Fransiya bayrog`i rangi o`zgardi. Bu haqda "Zamon" “Interfaks” xabariga tayanib yozmoqda.
Endilikda bayroqdagi och ko`k rang to`q ko`kka o`zgardi. Bu o`zgarish bir yildan ortiq muddatda hech kimning e`tiborini tortmagan, sababi bu haqda rasman xabar berilmagandi.
Ma`lumotlarga ko`ra, bayroqda ko`k rangning to`qlashishi Fransiyaning 1793 yildagi bayrog`ini eslatadi. Shuningdek, rang o`zgarishi estetik nuqtayi nazardan ham amalga oshirilgan. Xususan, Fransiya va Evropa Ittifoqi bayroqlari ko`pincha yonma-yon turganda bir xil rangda tovlanayotgan edi.
Emmanuel Makron bayroqdagi ushbu o`zgarishlarni amalga oshirish to`g`risidagi qarorni 2020 yil 13 iyul kuni imzolagan. Bu tashabbus Elisey saroyi operasion direktori Arno Jolens tomonidan ilgari surilgan.